English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi to‘g‘risida AXBOROT
19:11 / 2021-09-28

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Senat Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisini 2021 yil 29 sentyabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunlar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Qolaversa, Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2021 yil birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha ijrosi hamda Qashqadaryo viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisobotlari, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisining faoliyati to‘g‘risidagi axborot eshitilishi nazarda tutilgan.

Shuningdek, ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashdagi dolzarb muammolar yuzasidan hukumatga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari, Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yildagi va 2021 yilning o‘tgan davridagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

 

O‘zA