Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni topshirildi
16:10 / 2021-08-30

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida bir guruh faxriylarga, vazirlik va huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlariga «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishonini topshirish marosimi bӯlib o‘tdi.

Tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi M.Kamalov yig‘ilganlarni mamlakatimiz hayotidagi eng ulug‘, eng aziz bayram – Mustaqilligimizning 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi.

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari tomonidan so‘nggi yillarda hayotimizning barcha jabhasida keng ko‘lamli islohotlar, yaratuvchanlik ishlari amalga oshirilmoqda. Tarixan qisqa vaqt ichida Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borilayotgan ishlar natijasida yurtimizning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida beqiyos o‘zgarishlar yuz bermoqda, xalqimizning farovon turmushini, bugunidan rozi bo‘lib yashashi, ertangi kuniga ishonchi mustahkamlanishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ana shu ezgu maqsadlarni amalga oshirishda fidoyilik ko‘rsatgan, yurtimiz mustaqilligini yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan, jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan yurtdoshlarimizning mehnati o‘zining yuksak bahosini topmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joiz, bayram munosabati bilan Orolbӯyidan 1 ming 530 nafar yurtdoshimiz “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbirda mazkur esdalik nishon ӯz egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Mukofotlanganlar yuksak e’tibor va g‘amxӯrlik uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

[gallery-3670]

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA