Joriy yilning 30 sentyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston: iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” nomli xalqaro iqtisodiy forum doirasida, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” (“O‘zmilliybank”) Aksiyadorlik jamiyati bankning Rossiya bozoridagi investitsion jozibadorligi haqida taqdimot o‘tkazdi.
Rossiya rublida obligatsiya chiqarish O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorining debyut va strategik jihatdan muhim instrumenti hisoblaniladi, chunki Rossiyaning obligatsiya bozori MDH mamlakatlari ichida eng yirigi va rivojlangani bo‘lib, jozibador foizlarga ham ega.
Bizning bozorga Rossiya investorlari tomonidan bildirilgan yuqori darajadagi qiziqishni inobatga olgan holda, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan Rossiya rublida Moskva fond birjasida obligatsiya joylashtirish orqali, resurlar jalb qilish, birinchi navbatda, moliyalashtirish manbalari diversifikatsiyasini amalga oshirish hamda valyuta xatarlarini minimallashtirishga imkon beradi. Shu bilan birga, kredit resurslarining raqobatbardoshligi va jozibadorligi oshadi hamda ularning moliya bozorida, ayniqsa, Rossiyaning yirik yetkazib beruvchilarining eksport kontraktlari uchun, mavjudligi yuzaga keladi.
Obligatsiya hisobiga jalb qilingan mablag‘larni muvafaqqiyatli o‘zlashtirish Rossiya bilan tashqi savdo aylanmasi o‘sishi uchun yangi impuls va keyingi rivojlanishga turtki bo‘ladi.
Jalb qilingan resurslar hisobiga iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat olib borayotgan ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlik sub’ektlarining loyihalarini kengaytirish va modernizatsiya qilishga sarflash mo‘ljallangan. Bu esa yangi ishchi o‘rinlarini yaratish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar orasida raqobatni oshirish hamda mamlakatning eksport salohiyatini oshirishga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda yevropalik sarmoyadorlardan tashqari, rossiyalik sarmoyadorlarning O‘zbekiston bozoriga faol qiziqishi kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida oqilona va diversifikatsiyalangan siyosat olib borilmoqda.
Rubldagi obligatsiyalarni chiqarishni tashkil etishda Rossiyaning “Gazprombank” (AJ), “Sovkombank” OAJ, “Rosselxozbank” AJ va “Aziya-Invest Bank” AJ kabi ilg‘or moliya institutlari ishtirok etmoqda. Shuningdek, Rossiyaning “AKRA” reyting agentligining tegishli kredit reytingini olish yuzasidan ishlar “Gazprobank” (AJ)ning Reytinglar bo‘yicha maslahatlashuv Markazi tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston iqtisodiy forumi – 2021, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish Vazirligi tashabbusiga ko‘ra, Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida tashkil etildi. U 350dan ortiq xalqaro va o‘zbek ishbilarmon va moliya sohasi mutaxassislari, xalqaro moliya institulari, davlat arboblari, nodavlat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarini birlashtirdi.
O‘zmilliybank AJ
Matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida.
O‘zA