O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi qabul qilingan deyishga asoslar yetarli
Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida MSK Raisi ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Z.Nizomxo‘jayev 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi referendumining dastlabki natijalari bo‘yicha ma’lumot berdi.
[gallery-11686]
Qayd etilganidek, Referendumda saylovchilar yagona elektron ro‘yxatiga 19 million 722 ming 809 nafar ovoz beruvchi fuqarolar kiritilgan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi 55 ta referendum uchastkalarida 307 ming 895 ming fuqaro ro‘yxatga kiritilgan. Jami ovoz beruvchilarning 16 million 673 ming 189 nafar fuqaro yoxud ovoz beruvchilarning 84,54 foizi ovoz berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstiitutsiyaviy qonun loyihasi qabul qilingan deyishga asoslar yetarli ekanligi ta’kidlandi.
Muhtarama Komilova, O‘zA