Annotatsiya: maqola O’zbekiston Respublikasining 2023 yilgi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining ahamiyati, mazmun-mohiyati va amaliy natijalariga bag’ishlangan. Yangi Konstitutsiya davlatning besh asosiy ustuni – suverenitet, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekanligini qat’iy belgilab, inson qadri, erkinlik, tenglik, ijtimoiy adolat va milliy birdamlik kabi fundamental qadriyatlarni mustahkamlab bergani ta’kidlanadi. Hujjat siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va sud-huquq sohalarini yanada takomillashtirish, fuqarolarning tinch va farovon hayot kechirishi uchun mustahkam huquqiy baza yaratishga xizmat qiladi. Shuningdek, 2024 yilda o’tkazilgan parlament va mahalliy kengashlar saylovida birinchi marta qo’llanilgan aralash (majoritar-proportsional) saylov tizimi, saylov jarayonining ochiq-oshkoraligi, parlamentda ayollar ulushining 38%ga, mahalliy kengashlar tarkibining 59,2% ga yangilanishi kabi muhim yutuqlar alohida yoritilgan.
Kalit so’zlar:yangi Konstitutsiya, besh ustun, inson qadri, demokratiya, aralash saylov tizimi, parlament saylovi, ayollar kvotasi, tashabbusli byudjet, ijtimoiy adolat, huquqiy davlat, islohotlar.
Konstitutsiya davlatning huquqiy jihatdan mazmunini inikos etuvchi huquqiy hujjat hisoblanadi. Davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz hisoblanib, u avvalom bor siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, sud-huquq sohalarini yanada takomillashtirish, fuqarolarimizni tinch va farovon turmush kechirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratishga xizmat qiladi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda O’zbekistonning besh ustuni, ya’ni suverniteti, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat ekani qat’iy belgilab qo’yildi, uning mazmuni tubdan takomillashtirilib, yangi bob va moddalar bilan boyitildi.
O’zbekiston Respublikasining xalqi 38 milliondan oshib bormoqdaki, biz katta xalqlar ro’yxatiga kirib bormoqda va aholi soni bo’yicha jahondagi eng yirik 40 ta davlatlar qatoriga kirishimiz mumkin. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda xalq xokimiyatchiligi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik kabi ezgu g’oyalar turmush tarzimizda o’z ifodasini topmoqda deb o’ylaymiz. Turmush tarzimizda izchil tadqiq etilayotgan keng ko’lamli islohotlarimizning ruhi va mazmuni “Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun!” degan ezgu niyatlarga, g’oyalarga asoslangan.
Respublikamiz aholisi “Tashabbusli byutjet” loyihasida faol qatnashib, maxallalar va ijtimoiy ob’ektlarni moliyalashtirish mustaqil hal etib kelinmoqda. Fuqarolarimiz tomonidan 13 mingdan ortiq loyihalar uchun 11 trillion so’m mablag’ ajratildi. Ushbu raqamlar o’z-o’zidan bo’layotgani yo’q, uning orqasida qanchadan-qancha taqdirlar sayi-harakatlar mehnatlar yotibdi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning asosiy maqsadi Yangi O’zbekiston Respublikasini barpo etishning asosiy beshta ustivor yo’nalishini belgilab berdi, ya’ni sifatli ta’lim tizimini yo’lga qo’yish, biznesni rivojlantirish, korruptsiyadan holi, adolatli sud tizimini yaratish, sog’liqni saqlash sohasini tubdan yaxshilash, ekologik barqarorlikni ta’minlash vazifalari ham izchil amalga oshirilmoqda.
Respublikamizdagi muhim siyosiy tadbirlar ko’p, shu jumladan, Oliy majlis va hududlardagi vakillik organlariga saylovlar bo’lib o’tdi. Saylovlarda yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz belgilab bergan ijtimoiy-siyosiy muhitda rivojlangan davlatlardagi singari birinchi marotaba aralash-majorator va proportsional saylov tizimi asosida tashkil etildi va bo’lib o’tdi. Ushbu tizimning joriy etilishi o’z vaqtida amalga oshirildi, barcha mavjud respublikamizdagi partiyalar o’rtasidagi raqobatni kuchaytirib, respublikamizdagi demokratik muhitga yangi impuls bag’ishlagani saylov oldi tashviqoti davrida ko’zga yaqqol tashlandi. Saylov bu siyosiy kompaniya bo’lib, uni 65 mingdan ziyod maxalliy kuzatuvchilarning nigohida bo’ldi, 850 dan ko’proq xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar kuzatib bordi, eng asosiysi 1000 dan ortiq maxalliy va xorijiy ommaviy-axborot vositalari vakillari ma’lumotlarni yoritib borishdi.
Yangi tizimda ya’ni proportsional saylov tizimida Oliy majlis qonunchilik palatasida:
a) Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi – 26 ta;
b) “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 14 ta;
v) O’zbekiston ekologik partiyasi – 10 ta;
g) “Xalq demokratik” partiyasi – 13 ta;
d) “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi – 12 ta deputatlik o’rniga ega bo’ldi.
Endi majoritar tizim bo’yicha tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal demokratik partiyasidan – 38 ta, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan – 15 ta, O’zbekiston ekologik partiyasidan – 6 ta, “Xalq demokratik” partiyasidan – 7 ta, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan – 9 ta deputatlar saylanishdi. Eng qizig’i tarixda bunday hol bo’lgan emas, ya’ni deputatlarning 38%ni xotin-qizlar tashkil etishdi, parlament quyi palatasi tarkibiga esa 60%ga, Qoraqalpog’iston Respublikasi jo’qorg’i kengashi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar va tuman kengashlarini saylov natijalariga ko’ra, maxalliy kengashlar tarkibi 59,2% yangilangan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz Respublikamizda adolat va qonun ustivorligining kafolati, xalq tayanchi, inson qadri, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va millatlararo birlikning mustaxkam huquqiy asosi bo’lib xizmat qilmoqda.
Yangi tahrirdagi konstitutsiya – jamiyatimiz rivoji, davlatimiz tinchligi va xalqimiz faravonligining eng asosiy kafolatidir. Yangi tahrirdagi konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini fuqarolar orasida targ’ibot-tashviqot qilib aholining barcha qatlamlariga tushuntirish va bu tadbirlar orqali jamiyatdagi fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, yuksaltirish har bir fuqaroning fuqarolik mas’uliyatini oshirishga, yuksaltirishga va respublikamizda qonun ustivorligini mustaxkamlashga ta’minlanganligi yordam beradi.
Shu o’rinda yurist akademik A.X.Saidovning ta’biri bilan aytganda “Har qanday islohot kuchli konstitutsiyaviy huquqiy asosga tayansagina, ko’zlangan ezgu maqsad va ulug’vor vazifalarga, samarali natijalarga erishiladi”. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning islohotlardan maqsadi – inson, uning qadr-qimmati va huquqlarini ulug’lashdir deb tushuntirmoq lozim.
Rozmet Maxmudov,
Jamoat xavfsizligi universiteti professori,
pedagogika fanlari doktori, professor.