Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
10:07 / 2025-11-11

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘llikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida qaror qabul qildi.

Unga muvofiq: 

O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi to‘g‘risidagi nizom; 

O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish tartibi, shuningdek, rahbarlarining huquqlari, funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi. 

Vazirlik kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligi va mehnat munosabatlari sohasida yagona siyosat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi. 

Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi. 

Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.

O‘zA