Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya markazi xabar qiladi
12:49 / 2022-03-03

Shoshilinch axborot!

Joriy yilning 4-6-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga Turkmanistondan iliq havo, so‘ngra Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

4-5-martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi sekundiga 18-23 metrgacha kuchayishi va chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim joylarida shamol tezligi sekundiga 25-30 metrgacha kuchayishi mumkin.

5-6-martda respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.