Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga yangi prezident saylandi 
17:18 / 2024-12-16

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentini saylashga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi.

Majlisda so‘zga chiqqan akademiklar o‘zbek ilm-fani oldida turgan bir qator dolzarb masalalarni belgilab oldi. 

Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentligiga akademik Shavkat Ayupovning nomzodini qo‘llab-quvvatladi. 

Akademik Shavkat Ayupov Fanlar akademiyasining prezidenti etib saylandi. 

Shavkat Ayupov – fizika-matematika fanlari doktori. Fanlar akademiyasi Matematika instituti direktori sifatida uzoq yillardan buyon mamlakatimiz ilm-faniga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Oliy Majlis Senati a’zosi. 

Shuningdek, 2021 yilda "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni bilan taqdirlangan. 

N.Rahmonova, O‘zA