O‘zbekiston – Ras-al-Xayma aloqalari rivojlanadi
Birlashgan Arab Amirliklari “Al-Ittihod” nashri yozishicha, Oliy Kengash a’zosi, Ras-al-Xayma hukmdori Shayx Saud bin Saqr Al-Qosimiy kuni kecha Saqr bin Muhammad Sitidagi saroyida oliy hazratlarini qutlash uchun kelgan O‘zbekiston Respublikasining BAAdagi elchisi Abdulaziz Aqqulovni qabul qilgan.
Tomonlar umumiy manfaatli qator mavzularda suhbatlashib, turli sohalardagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish yo‘llarini muhokama qilgan.