Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston raqamli moda haftaligi – yosh dizaynerlar uchun katta imkoniyat
20:21 / 2022-11-18

Ertaga poytaxtimizdagi "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida O‘zbekiston raqamli moda haftaligining uchinchi mavsumi o‘z ishini boshlaydi.

Shu munosabat bilan bugun ushbu mehmonxonada tadbir tashkilotchilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.  

Qayd etilganidek, O‘zbekiston raqamli moda haftaligi xalqaro miqyosdagi ijodiy loyiha bo‘lib, u professional dizaynerlarga ham, yosh dizaynerlarga ham o‘z kolleksiyalarini namoyish qilishda katta imkoniyat yaratadi.  

– Ushbu mavsum o‘ziga xos va rang-barang bo‘lib, kun dasturida milliy ko‘ylak namoyishi ham rejalashtirilgan.  Loyiha O‘zbekiston yosh dizaynerlari kengashi va  "Anor" jamoasining tashabbusi hamda Toshkent shahri hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda. Loyiha doirasida iste’dodli qizlar va ayollar o‘z iqtidorlarini yuzaga chiqarish va mamlakatning ilg‘or brendlari bilan ishlash imkonini qo‘lga kiritadi. Haftalik yakunida konsert dasturi uyushtiriladi, – dedi taniqli dizayner Dildora Qosimova.  

Eslatib o‘tamiz, haftalik 20 noyabr kuni yakunlanadi.  

 

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA.