Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston qutqaruvchilari xalqaro musobaqada faxrli o‘rinni egalladi
19:00 / 2023-09-20

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) qutqaruvchilari Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan “Jer - 2023” qo‘mondonlik shtab o‘quv mashqlari va “Kazspas - 2023” qutqaruv yig‘in - seminari doirasidagi xalqaro qutqaruv musobaqalarida qatnashdi.

Unda Vengriya, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston qutqaruvchilari ham ishtirok etdi.  

Musobaqada ishtirokchilar texnogen ofatlar sharoitida, suvda hamda tabiiy muhitda qidiruv - qutqaruv ishlari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi. Qutqaruvchilar birdamlikni va favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlarini o‘tkazishda yuqori professionallikni namoyish etdi.  

“Skalnыy gorod – Astana” dala o‘quv mashg‘uloti maydonida mazkur xalqaro qutqaruv musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Musobaqa natijalariga ko‘ra, Qozog‘iston jamoasi birinchi, O‘zbekiston jamoasi ikkinchi, Qirg‘iziston jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.  

G‘oliblar medal, diplom va kubok bilan taqdirlandi.  

 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA