Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston qutqaruvchilari Turkiyada qanday mahorat ko‘rsatishdi?
20:04 / 2023-02-25

2023 yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubiy-sharqiy viloyatlarida dahshatli zilzila yuz berib, butun shaharlarni xarobaga aylantirdi. Fojianing dastlabki soatlaridayoq O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari qardosh turk xalqiga kuchli zilzila oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishni taklif qildi. So‘ng Sh.Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra, shu kuni O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 100 nafardan iborat qidiruv-qutqaruv guruhi boshqarma boshlig‘i Xurshid Sotiyev boshchiligida tabiiy ofat hududiga jo‘natildi.

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar delegatsiyasi 7 fevral kuni erta tongda Turkiyaning Gaziantep shahri aeroportiga yetib keldi, shundan so‘ng qidiruv-qutqaruv guruhlari ish joyiga, xususan, Hatay viloyatining ma’muriy markazi yaqinidagi Ovakent va Jumabozor shaharlariga olib borildi.  

Qidiruv-qutqaruv ishlari davomida O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus texnikasi va kinologiya brigadalari jalb qilingan bo‘lib, ular uchun mo‘ljallangan samolyotda hodisa joyiga olib kelingan. Ikki haftalik qutqaruv operatsiyasi davomida qutqaruv otryadlari binolar vayronalari ostidan 18 nafar insonlarni tirik holda, 190 dan ortiq jonsiz jasadlarni olib chiqdi. Shu bilan birga, davlat rahbari topshirig‘iga ko‘ra tabiiy ofat zonasiga dori-darmon, ko‘rpa-to‘shak, chodir va boshqa zarur mahsulotlardan iborat 6 partiya gumanitar yuk jo‘natildi.

8 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy shifokorlari maxsus bort bilan Hatay viloyatiga jo‘natildi, ularning vazifasi mahalliy aholiga yordam ko‘rsatish maqsadida harbiy dala gospitalini joylashtirishdan iborat edi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, tabiiy ofat o‘chog‘iga tashrif buyurgan mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zbekistonlik qutqaruvchilarning joylashgan lageriga bordi. 18 kun davom etgan qidiruv-qutqaruv operatsiyasidan so‘ng, 25 fevral kuni O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligining otryadlari Toshkentga qaytib keldi.

Qutqaruvchilarimiz Turkiya hududlarida olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari jarayonida o‘zlari duch kelgan holatlarni so‘zlab berishdi.

<iframe width="1536" height="754" src="https://www.youtube.com/embed/LUh8XfwJZ2k" title="Ўзбекистон қутқарувчилари Туркияда қандай маҳорат кўрсатишди?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>