Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 34 yilligi mavzusi turk matbuotida
22:20 / 2026-01-15

Turkiyaning “TRT-Avaz” axborot portali O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligiga bag‘ishlangan maqola e’lon qildi, deya xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Maqolada qayd etilishicha, 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonda 1993 yildan beri nishonlab kelinadi. Bu sana nafaqat harbiy xizmatchilar, balki mamlakat tinchligi va xavfsizligini ta’minlovchi barcha tuzilmalar hamda faxriylar uchun muhim ahamiyatga ega.

— Toshkentning asosiy ko‘chalari bo‘ylab askarlar harbiy marsh sadosiga hamohang, qat’iyat bilan qadam tashlab bordilar, — deb yozgan qardosh yurt nashri. — Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti hududidan boshlangan paradda zobitlar, sohaga ixtisoslashgan bilim maskanlari tinglovchilari, Qurolli Kuchlarning turli bo‘linmalari va otliq askarlar ishtirok etdi. Poytaxt aholisi harbiy namoyishni qiziqib kuzatdi.

Shuningdek, maqolada 1992 yil parlament qarori bilan O‘zbekiston hududida joylashgan barcha harbiy qism va tuzilmalar respublika tasarrufiga o‘tkazilgani, aynan shu kun Markaziy Osiyodagi eng kuchli armiyalardan birining shakllanish sanasi sifatida tarixda qolgani ta’kidlangan.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA