Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Qirg‘iz Respublikasi harbiy delegatsiyasini qabul qildi
18:56 / 2022-07-22

Mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Qirg‘iz Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Erlis Terdikbayev Mudofaa vazirligida O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov bilan uchrashdi.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Uchrashuv davomida har ikki davlat Qurolli Kuchlari Bosh shtab boshliqlari O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stona munosabatlarga alohida to‘xtalib, kelgusida uning doirasi yanada kengaytirilishiga ishonch bildirishdi. Qirg‘iz Respublikasi harbiy xizmatchilari O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida ta’lim olishini tashkillashtirish borasida imzolangan bitim shu yo‘lda tashlangan navbatdagi qadam bo‘lganligini ta’kidlash o‘rinli.

Shundan so‘ng mehmonlar general-mayor Shuhrat Xolmuhamedov hamrohligida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurishdi.

– O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrifim bugungi imzolangan hamkorlik shartnomasi uchun juda muhim. Chunki mintaqamizdagi yetakchi oliy harbiy ta’lim muassasasidagi sharoitlar bilan tanishish kun tartibiga kiritilgan eng asosiy vazifalardan biridir. Davlatlarimiz Mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichi aynan shu ta’lim maskani bilan bog‘liq holda boshlanishi o‘ziga xos ahamiyatga ega, – dedi general-mayor Erlis Terdikbayev.

Qurolli Kuchlar akademiyasidagi sharoitlar, o‘quv jarayonlari va eksponatlar bilan tanishish chog‘ida Erlis Terdikbayev hukumatimizning harbiy ta’lim sohasiga qaratayotgan e’tiboriga yuqori baho berdi.

Kunning ikkinchi yarmida Qirg‘iz Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i O‘zbekiston Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasiga qarashli korxona va Chirchiq aviatsiya-ta’mirlash zavodida ham bo‘ldi.

General-mayor Erlis Terdikbayevning mamlakatimizga amaliy tashrifi davom etmoqda.

O‘zA