Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikiston dzyudochilari jamoasi Tyumenda g‘oliblikni tantana qildi
08:00 / 2025-09-02

Rossiya Federatsiyasining Tyumen shahrida dzyudo bo‘yicha klublar o‘rtasida o‘tkazilgan Kontinental Liga musobaqasining "Sharq" divizioni bahslarida o‘zbekistonlik qozog‘istonlik va tojikistonlik dzyudochilardan iborat "Jenys" jamoasi muvaffaqiyatga erishdi.

Musobaqaning uchinchi bosqich doirasidagi ushbu divizionning “A” guruhida Liganing o‘tgan yilgi g‘olibi Rossiyaning "Ural-Zapadnaya Sibir", "Rodina", "Tyumen-dzyudo-2", “B” guruhida "Jenys", "Tyumen-dzyudo" va "Triumf" dzyudo klublari g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Guruhning barcha uchrashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Artyom Shturbabin, Shahram Ahadov va Parij-2024 Olimpiadasi sovrindori Muzaffarbek To‘raboyev joy olgan "Jenys" jamoasi ustunlikni qo‘lga kiritdi.

Ular 1/2 finalda "Ural-Zapad Sibir" jamoasini 3:2 hisobida dog‘da qoldirdi. Ikkinchi 1/2 finalda "Tyumen-dzyudo" xuddi shu hisobda "Rodina" jamoasidan ustun keldi. Hal qiluvchi uchrashuvda "Jenys" "Tyumen-dzyudo" klubini 3:1 hisobida mag‘lub etib, "Sharq" divizioni g‘olibligini tantana qildi.

Kontinental Liganing final bosqichi joriy yilning 1 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi poytaxti Moskva shahrida tashkil etiladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA