Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Qozog‘iston: Sport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
17:10 / 2025-07-03

Bugun, 3 iyul kuni Ostona shahrida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitalari rahbariyati Qozog‘iston Turizm va sport vaziri Yerbol Mirzabosinov, Qozog‘iston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, taniqli bokschi Gennadiy Golovkin hamda Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Kayrat Boranbayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish, axborot almashish, kommunikatsiya tizimidagi aloqalarni kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Yillar davomida turli sport turlari bo‘yicha o‘tkazib kelingan qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tizimli tashkil etish, yirik musobaqalarga tayyorgarlikni hamkorlikda olib borish borasida tomonlar hamjihat ekanliklari ta’kidlandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA