French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Qozog‘iston: iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yo‘lida
16:09 / 2021-02-15

O‘zbekiston – Qozog‘iston chegarasidagi “G‘isht Ko‘prik” chegara bojxona posti hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov bilan Qozog‘iston Respublikasi savdo va integratsiya vaziri B.Sultonov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga o‘zaro tayyorlik ta’kidlandi. O‘tgan yil noyabr oyida Toshkent shahrida kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosiga oid masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar tasdiqlangan tadbirlar, loyihalarni ilgari surish uchun ikki mamlakat tegishli vazirlik, idoralari va tadbirkorlari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish mexanizmini ham belgilab oldilar.

Shuningdek, o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shma, xususan, transchegaraviy munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar va “Markaziy Osiyo” xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlik markazi (XSIHM)ni tashkil etish loyihasi ishlab chiqilishining borishiga e’tibor qaratildi.

Muzokara yakunida tomonlar ushbu loyihaning hayotga tatbiq etilishini jadallashtirishga kelishib, ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalarini hal etish bo‘yicha navbatdagi qo‘shma tadbirlarni rejalashtirib oldi.