Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston qonun ustuvorligi reytingida 140 ta davlat ichida 78-o‘rinni egalladi
20:52 / 2022-10-26

"World Justice Project" xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan qonun ustuvorligi bo‘yicha jahon reytingida O‘zbekiston 85-o‘rindan 78-o‘ringa ko‘tarildi. Reytingga 140 ta davlat kiradi.

O‘zbekiston Hindiston (77-o‘rin) va Surinam (79-o‘rin) o‘rtasida joylashgan. MDH davlatlari orasida 99, Rossiya, Belarus 107, Ukraina 76, Qozog‘iston 65, Qirg‘iziston 100-o‘rinni egalladi.

Reytingning eng yaxshi 10 taligiga Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya, Niderlandiya, Germaniya, Yangi Zelandiya, Lyuksemburg, Estoniya va Irlandiya kiradi. Oxirgi o‘rinni Venesuela egallagan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, qonun ustuvorligi indeksi 2010 yilda ishlab chiqilgan. Unda mamlakatlarning huquqiy muhitni ta’minlash sohasidagi yutuqlari inobatga olinadi. Ekspertlar qonun ustuvorligi tamoyillari kundalik hayotda qanday tatbiq etilishini aniqlaydi. Ma’lumotlar sakkizta mezon bo‘yicha guruhlangan. Ular hukumat institutlarining cheklangan vakolatlari, korrupsiyaning yo‘qligi, davlat institutlarining shaffofligi, asosiy huquqlarni himoya qilish, tartib va xavfsizlik, huquqni muhofaza qilish, fuqarolik va jinoiy sudlovdan iborat.

O‘zA