Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston — Qirg‘iziston tinchlik bitimi amalda
11:06 / 2022-11-09

O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida Davlat chegarasini delimitatsiya qilish masalalari tinchlik, hamfikrlik bilan hal etildi.

Chegaralarning tenglik, o‘zaro manfaat va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillari asosida huquqiy rasmiylashtirilishi nafaqat ikki mamlakat, balki butun Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy ravnaq topishiga, yaxshi qo‘shnichilik tamoyillarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Nizoli chegaralarning aniq belgilanishi turli tushunmovchilik va o‘zaro ziddiyatlarning oldini olish bilan birga bu bo‘shliqdan foydalanishni ko‘zlagan ayrim buzg‘unchi guruhlar maqsadlarini yo‘qqa chiqardi.

Shuning uchun ham davlatlar o‘rtasidagi chegaralarning aniq va rasmiy ravishda belgilanishi bugungi davrning kechiktirib bo‘lmas talabi edi.

Delimitatsiya jarayoni ikki davlat hamkorligida manfaatlar tengligi asosida hal etildi.