Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Qirg‘iziston: sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
18:22 / 2024-07-19

Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudoyorov qirg‘iz delegatsiyasi tarkibida yurtimizga kelgan ushbu mamlakatning sog‘liqni saqlash vaziri Alimkadir Beyshenaliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston va Qirg‘izistonni umumiy tarix, o‘xshash madaniyat va qadriyatlar, mushtarak til kabi jihatlar bog‘lab turadi. Ko‘p asrlik birodarlik rishtalari azaldan samimiylik va chuqur hurmatga asoslangan.  

So‘nggi yillarda davlatlarimiz yetakchilarining siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlik barcha sohalarda jadal rivojlanib bormoqda.  

Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan muloqotda sheriklik aloqalarini sog‘liqni saqlash sohasida ham kengaytirish uchun keng imkoniyatlar borligi qayd etildi.  

Qardosh davlat delegatsiyasi vakillari transplantologiya, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, tibbiy ta’lim kabi qator yo‘nalishlarda aloqalarni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.  

A.Xudoyorov ham o‘zaro bilim va tajriba almashinuvi ikki mamlakat uchun faqat foyda keltirishini ta’kidlab, milliy tibbiyotni isloh qilishda barcha zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.  

Mohigul Qosimova, O‘zA