Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Qirg‘iziston: hamkorlikning yangi bosqichi
15:30 / 2024-06-26

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston Bosh vaziri Oqilbek Japarov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda hukumat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlik kun tartibiga kiritilgan uchta istiqbolli infratuzilma loyihasini atroflicha muhokama qildilar. 

Bundan tashqari, Qambarota-1  GESi va Chotqol daryosida GES qurilishi yuzasidan muzokaralar olib borildi. Shuningdek, Talas-Chotqol-Toshkent avtomobil yo‘li qurilishi loyihasi ham muhokamalar markazida bo‘ldi. 

Ayni paytda mazkur loyiha bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilayotgani va loyihaning amalga oshirilishi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va ikki davlatning sayyohlik salohiyatini oshirish imkonini berishi ta’kidlandi. 

Shu bilan birga, Qirg‘izistondan O‘zbekistonga ko‘mir yetkazib berishga qaratilgan konveyer va ko‘mir logistika markazini qurish bo‘yicha qo‘shma ishlarni faollashtirish yuzasidan fikr almashildi. 

O‘zA