English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Qirg‘iziston hamkorligi yanada rivojlanadi
19:53 / 2023-02-02

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Qirg‘iz Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Musa Jamanbayev bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 26-27 yanvar kunlari Qirg‘iz Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi yakuni muhokama qilindi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarga e’tibor qaratildi.

Turli darajada rejalashtirilgan tadbirlar jadvali, tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Muzokarada hududlararo aloqani, shuningdek, madaniyat va ta’lim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA