French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston – Qirg‘iziston forumida 20 ga yaqin hujjat imzolandi
16:23 / 2021-03-11

O‘zbekiston — Qirg‘iziston biznes forumi va Ishbilarmonlar kengashining birinchi yig‘ilishi yakuniga yetdi.

 Anjuman ishini olib borgan mamlakatimiz Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov so‘nggi yillarda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada faollashganini ta’kidlarkan, bu borada Savdo-sanoat palatalari ishtiroki ham muhim ahamiyat kasb etishini bildirdi. Shuningdek, hududlararo kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish, sanoat kooperatsiyasini takomillashtirish, tovar va xizmatlarning o‘zaro savdosi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligiga e’tibor qaratdi.

Mas’ul vazirlik va idoralar vakillari O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati bilan mehmonlarni tanishtirish maqsadida maxsus taqdimot materiallarini namoyish etishdi.

Forum davomida 20 dan ortiq sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o‘z mahsulotlari va xizmatlarini hamkorlik qilish istagida bo‘lgan hamkorlarga ko‘rsatib, o‘z faoliyatlarining afzal tomonlari, ustuvor jihatlari bo‘yicha fikr almashdilar.

Biznes forumi va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi yakunida qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm, logistika, xizmat ko‘rsatish hamda to‘qimachilik sohalarining 10 dan ortiq yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o‘rtasida qizg‘in muzokaralar o‘tkazilib, bir qator hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar imzolandi.

G‘ayrat XONNAZAROV, O‘zA