English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zbekiston-Qirg‘iziston” biznes-forumi: Chorvachilik sohasida hamkorlik kengayadi
15:59 / 2024-07-18

Poytaxtimizda “O‘zbekiston-Qirg‘iziston” biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish bo‘yicha Sanoat, savdo-logistika markazini tashkil etish loyihasini mustahkamlash masalalari ham muhokama etildi. Biznes-forumda “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi vakillari ham ishtirok etdi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining Qirg‘iz Respublikasiga davlat tashrifi davomida “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi hamda Qirg‘iz Respublikasining “Qirg‘iz eko eksport” korxonasi mayda shoxli mollarni respublikamizga olib kelish, chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash va sotish bo‘yicha Sanoat, savdo-logistika markazini tashkil etish loyihasini amalga oshirishga kelishgan edi.  

Bugungi kunda Jalolobod viloyati Ola-Buqa tumani hududida Sanoat, savdo-logistika markazi birinchi bosqich ishlari amalga oshirilib, loyihaning ikkinchi bosqichini boshlash bo‘yicha keyingi rejalar yuzasidan ikki tomon vakillari o‘rtasida kelishuvlar amalga oshirildi.  

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA