Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston qatorasiga ikkinchi bor Eronni taslim etdi
23:39 / 2025-11-18

Birlashgan Arab Amirliklarida futbol bo‘yicha “Al-Ayn xalqaro kubogi” final bahsida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronga qarshi maydonga tushdi.

“Hazza bin Zayid” stadionida o‘tkazilgan ushbu uchrashuvning birinchi bo‘limida futbolchilarimiz o‘yin tizginini qo‘lga oldi. Natijada terma jamoamiz raqib darvozasi tomon bir qator xavfli vaziyatlar sodir etdi. Biroq hisobni ocha olmadi. Ikkinchi bo‘limda ham hisob ochilmagani bois, jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qildi. Unda Fabio Kannavaro shogirdlari 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Eronni taslim etdi va “Al-Ayn xalqaro kubogi” g‘olibiga aylandi. Eron esa musobaqaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.

Shuningdek, musobaqada Misr penaltilar seriyasida Kabo-Verdeni yengib, uchinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot o‘rnida: sentyabr oyida poytaxtimizda o‘tkazilgan "CAFA Nations Cup" turniri finalida O‘zbekiston terma jamoasi azaliy raqiblarini 1:0 hisobida taslim etgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA