Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston - Qatar: hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida
15:22 / 2024-09-17

Qatar Davlati yetakchi bosma nashri - “Ash-Sharq” sahifasida ushbu gazeta bosh muharriri Jobir Salim Al-Harmiy O‘zbekiston Milliy axborot agentligida bo‘lgani haqida maqola e’lon qilindi.

Maqolada O‘zA Bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov bilan uchrashuvda Ko‘rfaz Arab mamlakatlari, jumladan Qatar bilan sheriklikni mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakat izchil davom etayotgani, ayniqsa media makonda yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, shuningdek o‘zbek va arab xalqlari o‘rtasidagi mushtarak munosabatlar turizm, korrupsiyaga qarshi kurash, iqtisodiyot kabi muhim sohalarda jadal rivojlanayotgani, ayni jarayonda har ikki mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida muntazam axborot almashish zarurligi xususida suhbatlashilgani ta’kidlangan.

Jobir Salim Al-Harmiy “Ash-Sharq” O‘zA bilan muntazam aloqani yo‘lga qo‘yishdan manfaatdorligini ta’kidlab, o‘zaro aloqalarni zamon talabi darajasida takomillashtirishni nazarda tutuvchi memorandum loyihasini ishlab chiqish va imzolash, kelishuv doirasida axborot almashish ko‘lamini kengaytirish, o‘zaro xodimlar tajriba, malakasini tizimli oshirib borishga tayyorligini bildirgan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA