Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Qatar: atrof-muhit va iqlim masalalari hamkorligi yo‘lida
18:50 / 2025-08-20

Qatar Davlatining “QNA” axborot agentligi O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov va Qatar Atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Abdulaziz Ahmad Abdulloh Ol Mahmud o‘rtasida bo‘lib o‘tgan samarali uchrashuv haqida yozib chiqdi.

Maqolada atrof-muhit va iqlim masalalari bo‘yicha tomonlar o‘rtasida hamkorlik yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgani ta’kidlangan

Xususan, suhbat chog‘ida cho‘l hududlarida ko‘kalamzorlashtirish tashabbuslari, chang bo‘ronlari va tuproq degradatsiyasiga qarshi kurash, ekologiya va suv resurslari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar o‘rganildi, shuningdek, tabiiy resurslarni muhofaza qilish sohalarida tajriba almashish, ekologik muammolarni hal etish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish istiqbollari muhokama qilindi. 

Ushbu muloqot global ekologik muammolarni hal etishda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ikki davlatning barqaror rivojlanishga qaratilgan sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, iqlim o‘zgarishi, cho‘llanish va suv resurslaridan samarali foydalanish kabi yo‘nalishlarda tajriba almashish uchun muhim qadam ekani urg‘ulangan.

Muharrama Pirmatova, O‘zA