Xalqaro ommaviy axborot vositalarida O‘zbekistondagi ijtimoiy o‘zgarishlar haqida tobora ko‘proq yozilmoqda. Yaqinda "Euronews" saytida «O‘zbekiston qanday qilib o‘zining ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirmoqda?» sarlavhali maqola chop etildi.
Ahamiyatlisi, maqolada "yagona raqamli tizim orqali yordam tezroq va shaffof taqdim etilmoqda", "92 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan fuqaro ish bilan ta’minlandi", "taxminan 10 ming kishi mustaqil hayotga qaytdi", "Kambag‘allik reyestriga 621 ming oila kiritilgan va ular uchun individual yordam rejasi ishlab chiqilmoqda", "reabilitatsiya vositalar ro‘yxati kengaydi (invalidlar aravachasidan tortib bionik protezlargacha) va ularni olish muddati ancha qisqardi" singari amaliy natijalar qayd etilgan.

Darhaqiqat, maqolada ta’kidlanganidek, islohotlar faqat “qog‘ozda” emas, balki minglab oilalarning hayotida sezilarli o‘zgarishlar yasamoqda. Reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, og‘ir vaziyatdan olib chiqish va ijtimoiy xodimlarning doimiy yordami – bularning barchasi real hayotiy misollarda ko‘rsatib berilgan.

M.Qosimova, O‘zA