O‘zbekiston Qahramoni: “Kelajakka befarq emasman”
Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 224-saylov uchastkasi ertalabdan saylovchilar bilan gavjum. Fuqarolar ovoz berishda faollik ko‘rsatmoqda. Mazkur uchastka hududida ro‘yxatda turgan saylovchilar o‘zlari xohlagan nomzodga ovoz bermoqda.
– Men mamlakat kelajagiga befarq emasman, – deydi O‘zbekiston Qahramoni To‘ra Narziyev. – Shu bois o‘zim munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdim. Muhimi, saylov shaffof, ochiq-oshkoralik ruhida o‘tmoqda. Xalq tanlagan nomzodlar deputat bo‘lishiga ishonaman.

Uchastkada saylovni yuqori saviyada o‘tkazish, saylovchilarning emin-erkin ovoz berishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Kelgan saylovchilarga ro‘yxat asosida saylov byulletenlari berilmoqda. Shuningdek, siyosiy partiyalar, xalqaro kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillarining saylov jarayonini kuzatishlari uchun zarur barcha shart-sharoitlar bor. Bundan tashqari, shifokorlar navbatchiligida tibbiy punkt faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.
Zarif Komilov, O‘zA.