Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Qahramoni Kamoliddin G‘opirov referendumda ovoz berdi
17:17 / 2023-04-30

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan umumxalq referendumi Andijon viloyatida qizg‘in davom etmoqda.

Ta’lim fidoyisi, Shahrixon tumanidagi 53- ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi direktori, O‘zbekiston Qahramoni Kamolliddin G‘opirov o‘zi istiqomat qilayotgan Andijon viloyati Shahrixon tumani Cho‘ja mahallasidagi tantanalar saroyida tashkil etilgan 808- referendum uchastkasiga kelib, mamlakatimizning yangilanayotgan Konstitutsiyasi bo‘yicha ovoz berdi.  

 – Yangilanayotgan Bosh Qomusimizda insonga e’tibor, uning qadrini ulug‘lash, har bir fuqaroga g‘amxo‘rlik qilish masalasi davlat va jamiyatning asosiy burchi ekanligi mustahkamlanmoqda, – deydi O‘zbekiston Qahramoni    K. G‘opirov. – Ayniqsa, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasida yosh avlodning ta’lim olishi masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Yangi Qonun loyihasining 50-, 51-, 52, 53- moddalariga muhim o‘zgartirishlar, yangiliklar kiritilgan. Hozirda “bepul umumiy ta’lim olish” belgilangan bo‘lsa, endilikda “bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olish” kafolatlanmoqda.  

Faxriddin UBAYDULLAEV,  

Zuhriddin UMRZOQOV (surat), O‘zA