O‘zbekiston qadimdan Osiyo, Yevropa va Afrika qit’alarining karvon yo‘llari tutashgan hudud sifatida mashhur bo‘lgan – Prezident
Xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida nutq so‘zlamoqda. Davlatimiz rahbari forumning barcha ishtirokchilarini samimiy qutladi.
–O‘zbekiston zamini ko‘p asrlar davomida dunyoning turli mintaqalaridagi savdogar, ishbilarmon va tadbirkorlar e’tiborini o‘ziga tortib kelgan. Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan yurtimiz qadimdan Osiyo, Yevropa va Afrika qit’alarining karvon yo‘llari tutashgan hudud sifatida mashhur bo‘lgan,– dedi Prezident.
Xitoy, Hindiston, Eron, Vizantiya, Misr kabi mamlakatlarda shakllangan sivilizatsiya va madaniyat namunalari aynan qadimgi Movarounnahr, hozirgi O‘zbekiston hududida uchrashib, bir-birini o‘zaro boyitib kelgani qayd etildi.
Buning natijasida 3 ming yillik davlatchilik tarixiga ega mamlakatimiz uzoq davr mobaynida dunyoning savdo, iqtisod, ilm-fan, madaniyat va san’at yuksak ravnaq topgan markazlaridan biri bo‘lgan.
O‘zA