Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston professional boksi jahon reytingidan joy oldi
11:27 / 2025-07-01

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda boks rivojiga qaratilayotgan e’tibor samarasida mazkur sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlarimiz safi toboro kengaymoqda. Ular havaskor boksda jahon va qit’a chempionatlari, Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida ulkan marralarni zabt etayotgani dunyoda e’tirof etilmoqda.

Quvonarlisi, havaskor boksda yuqori natija qayd etgan Bahodir Jalolov, Shahram G‘iyosov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Murodjon Ahmadaliyev va Isroil Madrimov kabi bir qator charm qo‘lqop ustalarimiz o‘z faoliyatini professional boksda davom ettirib, ushbu yo‘nalishda bir qator g‘alabalarga erishgani sir emas.  

Shuni ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, ayni damda mamlakatimiz sharafini professional ringda 497 nafar faol bokschimiz munosib himoya qilmoqda. Buning samarasida O‘zbekiston faol bokschilar soni bo‘yicha jahon reytingida 10-o‘rinni egalladi. Mazkur jadvalning birinchi pog‘onasida Meksika bormoqda.

Quyida faol professional bokschilari bor mamlakatlar jadvalining kuchli 10 taligi bilan tanishasiz:

1. Meksika — 4192 bokschi

2. AQSH — 3478 bokschi

3. Yaponiya — 1309 bokschi

4. Buyuk Britaniya — 1068 bokschi

5. Argentina — 834 bokschi

6. Tailand — 798 bokschi

7. Filippin — 773 bokschi

8. Janubiy Afrika — 523 bokschi

9. Avstraliya — 522 bokschi

10. O‘zbekiston — 497 bokschi

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA