Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga oid farmon imzolandi
11:33 / 2024-09-05

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga imzo chekdi.

Unga muvofik, 2024 yil 1 noyabrdan: 

davlat dasturlari asosida kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga barcha tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari jalb qilinadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi PQ-306-son qaroriga asosan amalga oshirilayotgan “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash" kompleks dasturi doirasida kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan 100 million so‘mgacha garovsiz mikrokreditlarni qayta moliyalashtirish yoki ular bo‘yicha kafilliklar taqdim etish tartibini saqlab qolgan holda tijorat banklariga va mikromoliya tashkilotlariga o‘z resurslari hisobiga mazkur mikrokredit miqdorini 300 million so‘mgacha oshirishga ruxsat etiladi.

2024 yil 1 noyabrga qadar tadbirkorlik sub’ektlariga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun to‘lovni oldindan amalga oshirishda qulaylik yaratish, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli miqdorlariga nisbatan shartnomaviy limitlarni oshirish va undan ortishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uchun qo‘shimcha to‘lov kamida 10 baravarga kamaytiriladi.

Eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplashda:

soliq to‘lovchilardan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar belgilangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish talab etilmaydi;

bojxona organlari tomonidan real vaqt rejimida elektron axborot almashinuvi vositasida soliq organlariga tovarlar bojxona chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar tovarlar eksport qilinganligini tasdiqlash uchun asos bo‘ladi. Мазкур tartib ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar bo‘lgan davrdagi eksport operatsiyalari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash uchun taqdim etilgan arizalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

1 yanvardan 2028 yil 1 yanvarga qadar umumiy ovqatlanish korxonalariga foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.

2024 yil 1 oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini, 2025 yil 1 yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga 2028 yil 1 yanvarga qadar har oyning 25 sanasiga qadar to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini respublika byudjetidan qaytarish tizimi joriy etiladi.

2025 yil 1 yanvardan boshlab davlat xaridlarini (korporativ buyurtmachilarning tijorat maqsadlarida amalga oshiriladigan davlat xaridlaridan tashqari) amalga oshirishda tovarning o‘zlashtirish darajasidan kelib chiqib ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. 

2024 yil 1 noyabrdan boshlab barcha uchun ochiq holatda yuritiladigan Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf soluvchi omillar reyestri joriy qilinadi. 

2025 yil 1 yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini to‘xtatib turishga faqatgina Reyestrga kiritilgan omillar asosida yo‘l qo‘yiladi, bundan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini sud tartibida hamda qonunda belgilanadigan asoslar bo‘yicha to‘xtatib turish holatlari mustasno. 2024 yil 1 yanvardan boshlab nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfini aniqlash bo‘yicha "Xavfni tahlil qilish" elektron tizimi joriy etiladi.

O‘zA