Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
02:17 / 2023-12-27

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.

Yetakchilar joriy yilgi hamkorlik yakunlarini sarhisob qilib, 2024 yil uchun ustuvor vazifalarni muhokama qildilar hamda Sankt-Peterburg tarixiy obidalari bilan tanishdilar.

Prezidentimiz Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Shu bilan davlatimiz rahbari amaliy tashrifini yakunlab, “Pulkovo” xalqaro aeroportidan Toshkentga jo‘nab ketdi.