Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidentining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi boshlandi
14:05 / 2023-10-05

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga rasmiy tashrifning birinchi manzili – Qozon shahriga keldi.

Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Rossiya Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston Raisi Rustam Minnixanov kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, bugun Qozonda qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

Ertaga, 6 oktyabr kuni, Moskvada bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvda ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladilar.