Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidentining Qatarga davlat tashrifi yakunlandi
21:02 / 2023-10-02

Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston Reyespublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatarga davlat tashrifini yakunladi.

Shayx Hamad nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Muhammad bin Abdulaziz al-Hulayfiy va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Bugun Dohada mamlakatimiz yetakchisi Amir shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan muzokara o‘tkazdi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada yuqori, strategik sheriklik darajasiga olib chiqishga qat’iy intilish bildirildi.

Muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi.

Shuningdek, Prezidentimiz “EKSPO Doha - 2023” butunjahon ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdi va boshqa taklif etilgan yetakchilar bilan birgalikda ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi.

Tashrif chog‘ida davlatimiz rahbari Qatarning yirik investorlari bilan qator uchrashuvlar ham o‘tkazdi.