Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidentiga oliy davlat mukofoti – “Nishoni Pokiston” ordeni topshirildi
15:14 / 2026-02-06

“Ayvoni Sadr” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga “Nishoni Pokiston” ordenini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezident Asif Ali Zardoriy Pokistonning oliy mukofotini davlatimiz rahbariga tantanali ravishda topshirdi.

Ushbu nufuzli mukofot ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi umumiy sa’y-harakatlarning munosib e’tirofi hamda O‘zbekiston xalqiga do‘stona munosabat va chuqur hurmat ifodasi ekani qayd etildi.

O‘zbekiston – Pokiston strategik sherikligi mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilib borishiga ishonch bildirildi.

Ta’kidlash joizki, mazkur yuksak mukofot turli yillarda Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II, AQSH Prezidenti Richard Nikson, Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Nelson Mandela, Tailand Qiroli Pxumipon Adulyadet, BAA Prezidenti Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xu Szintao, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Saudiya Arabistoni Valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va boshqalarga berilgan.