Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya xalqaro hamkorlik banki bilan sheriklikni kengaytirish muhimligini qayd etdi
14:47 / 2025-12-19

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioga rasmiy tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) boshqaruvchisi Nobumitsu Xayasini qabul qildi.

Mazkur yetakchi moliyaviy institut bilan strategik sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda bank bilan hamkorlikdagi ijobiy sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi. Loyihalarning umumiy portfeli 5 milliard dollardan oshgan hamda neft-kimyo, energetika, telekommunikatsiyalar, infratuzilma, yengil sanoat va boshqa sohalarni qamrab olgan.

Energetika, transport, AT infratuzilmasini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod yangi loyihalarni sifatli tayyorlash hamda boshlanganlarining natijadorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ijtimoiy sohada davlat-xususiy sheriklik loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga hamda xususiy sektorni rivojlantirishga investitsiyalarni kengaytirish muhim ekani ta’kidlandi.

O‘z navbatida, boshqaruvchi Nobumitsu Xayasi sheriklik natijalarini yuqori baholadi va Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.