Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Vetnam bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligini qayd etdi
17:04 / 2024-10-24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida bo‘lib o‘tayotgan BRIKS sammiti doirasida Vetnam Sotsialistik Respublikasi Bosh vaziri Fam Min Tin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vetnam o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik va amaliy aloqalarni, ayniqsa savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Hukumatlararo va idoralararo muloqotlarga tizimli tus berish zarurligi ta’kidlandi. Tomonlar kelgusi yil boshida Xanoy shahrida Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini, shuningdek, biznes forumi va sanoat ko‘rgazmasini o‘tkazishga kelishib oldilar.

Yangi loyihalarni ilgari surish maqsadida neft-kimyo, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini tayyorlash taklif etildi. Ishbilarmonlik va sayyohlik aloqalarini, shu jumladan vizasiz tartib joriy etish orqali kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqildi. Bosh vazir Fam Min Tin O‘zbekiston Prezidentini rasmiy tashrif bilan Vetnamga kelishga taklif etdi.