Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Vashingtonga keldi
09:53 / 2026-02-18

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida amaliy tashrif bilan AQSHga keldi.

“Endryus” aviabazasida davlatimiz rahbarini AQSH-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm, Missisipi shtati Milliy gvardiyasi birlashgan shtabi qo‘mondoni Djeyms Xenkins va boshqa rasmiy shaxslar, Vashingtonda ajratilgan qarorgohda esa AQSH Prezidentning maxsus vakili Paolo Zampolli kutib oldi.

AQSHga tashrif doirasida Prezidentimiz Tinchlik kengashining birinchi sammiti va bir qator ishbilarmonlik tadbirlarida ishtirok etadi.