Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti va Germaniya Federal Prezidenti ikki tomonlama munosabatlar istiqbollarini muhokama qildilar
17:12 / 2023-09-29

29 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo innovatsiya va texnologiyalar, “yashil” iqtisodiyot, muqobil energetika, transport va logistika, ta’lim va madaniyat sohalarida rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Joriy yil may oyida Germaniyaga amaliy tashrif davomida o‘tkazilgan sermahsul muzokaralarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Prezidentlar mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar, jumladan, “Markaziy Osiyo - Germaniya” formatida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladilar.