Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Turkmaniston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
14:11 / 2023-09-22

22 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga katta muvaffaqiyatlar, qardosh turkman xalqiga farovonlik va ravnaq tiladi.

Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Konstruktiv siyosiy muloqot va samarali idoralararo aloqalar rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi oshib bormoqda, “Xorazm-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish loyihasi birgalikda amalga oshirilmoqda. Energetika va transport sohalaridagi kooperatsiya mustahkamlanmoqda. Oktyabr oyida poytaxtimizda Turkmaniston madaniyati kunlari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari Markaziy Osiyoda o‘zaro manfaatli hamkorlikni, shu jumladan amaldagi ko‘p tomonlama formatlar doirasida kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Telefon muloqoti yakunida davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti va xalqini bo‘lajak Mustaqillik kuni bilan dildan tabrikladi.