Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti "The Bank of New York" bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
01:48 / 2025-09-23

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida “The Bank of New York” (“BNY”) kompaniyasi bosh tijorat direktori Katinka Valstrom bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“BNY” - aktivlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish, davlat va xususiy moliyalashtirish kabi keng turdagi moliyaviy xizmatlarni taqdim etuvchi Amerikaning yetakchi bank-investitsiya guruhidir.

Bankning O‘zbekiston yirik korxonalarining yevroobligatsiyalarini chiqarish va joylashtirishga ko‘maklashish, shuningdek, O‘zbekiston bank-moliya sektorini rivojlantirish borasidagi rejalari qo‘llab-quvvatlandi.