Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti sharafiga rasmiy qabul marosimi bo‘lib o‘tdi
17:15 / 2025-12-20

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, “Kantey” qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi sharafiga Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi nomidan qabul marosimi tashkil etildi.

Tadbirda ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari a’zolari, ishbilarmon doiralari va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etdi.

Mamlakatimiz yetakchisi va Yaponiya hukumati rahbari bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalaridan, ularning yakunida ikki tomonlama aloqalar kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganidan mamnuniyat bildirdilar.

O‘zbekiston – Yaponiya munosabatlarini bundan buyon ham mustahkamlashga intilish qat’iy ekani ta’kidlandi.