English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Turkiyada bo‘ladi
18:47 / 2026-01-28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 29 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishini o‘tkazish rejalashtirilgan.

Muzokaralarda O‘zbekiston – Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Siyosiy muloqotni rivojlantirish, tovar ayirboshlashni oshirish, ustuvor iqtisodiy tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish hamda transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, faol madaniy va gumanitar almashinuvlarni davom ettirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida salmoqli hujjatlar to‘plamini imzolash ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, ikki mamlakat yetakchilari qator qo‘shma tadbirlarda ishtirok etadilar.