Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
18:36 / 2024-12-30

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 dekabr kuni Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari va Qozog‘istonning birinchi Prezidenti kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, qardosh xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilgani, ko‘p qirrali hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.