Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
12:50 / 2023-07-10

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘istonning birinchi Prezidenti O‘zbekiston rahbarini kuni kecha mamlakatimizda bo‘lib o‘tgan muddatidan ilgari Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutladi.

O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Bugungi kunda hamkorlik barcha yo‘nalishlarda, shu jumladan savdo-iqtisodiyot, investitsiya, energetika, transport-logistika, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalarida jadal rivojlanib bormoqda.