Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘istonning birinchi Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
15:43 / 2023-04-21

21 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari va Qozog‘istonning birinchi Prezidenti bir-birini muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklab, qardosh xalqlarimizga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.