Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Pokiston Bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi
18:13 / 2026-02-05

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Islomobod shahrida ajratilgan qarorgohda Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Ishoq Dor kutib oldi.

Shu yerda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ishoq Dor davlatimiz rahbariga o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama tadbirlar kun tartibi haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston Prezidenti vazirning ushbu davlat tashrifini tashkil etishga qo‘shgan ulkan hissasini alohida qayd etdi.

Tashrif doirasida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralar va Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi O‘zbekiston – Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini yangi amaliy mazmun bilan boyitishiga ishonch bildirildi.