Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga jo‘nab ketdi
17:34 / 2023-03-01

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq Boku shahrida davlatimiz rahbari Qo‘shilmaslik harakatining dunyoda pandemiyadan keyingi tiklanish masalalariga bag‘ishlangan sammiti yalpi sessiyada ishtirok etadi.

Shuningdek, Ozarbayjon Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazilishi, unda yetakchilar ikki tomonlama ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilishi rejalashtirilgan.